Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kitob hech qachon o‘z o‘rnini yo‘qotmaydigan buyuk kuch
19:14 / 2023-03-06

O‘zbekiston Respublikasi “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan “Har bir mahallaga kitob” loyihasi Jizzax viloyatida ham amalga oshirilmoqda.

Kitobsevar xalqimizning azal-azaldan uylarida shaxsiy kutubxona bo‘lgan. O‘z davrining noyob asarlari xonadonlarning to‘ridagi tokchalardan joy olgan. So‘ngi 5-6 yilda yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarda kitobga qiziqish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Davlatimiz rahbarining 2022 yil 20 dekabrdagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatnomasida ham har bir mahallada kutubxona tashkil etish kerakligi ta’kidlangan edi. Shu maqsadda O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan “Har bir mahallaga kitob” loyihasi tashkil etildi.  

Loyiha doirasida fond tomonidan Jizzax viloyatidagi 206 ta mahalla fuqarolar yig‘inlariga 50 nomdagi 10 mingdan ortiq nodir asarlar to‘plami ajratilib, bu kitoblar karvoni Jizzaxga yetib keldi.  

– Kitoblar hech qachon o‘z o‘rnini yo‘qotmaydigan buyuk kuch bo‘lib, mahallalarga topshirilgan kitoblar har bir mahallaning mo‘’jazgina kutubxonasidan o‘rin oladi, undan aholi keng foydalanadi, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Jizzax viloyati boshqaruvi raisi Abdumajid Sattarov. – Zero, bu adabiyotlar bugun xalqning ma’naviyati yuksalishi uchun eng zarur manbadir. Viloyatdagi mahallalarga yetkazilgan kitoblar to‘plami, har bir mahallada o‘z kutubxonasini tashkil qilish, aholini kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mahalla ahlining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va mahallalarning ma’naviy xazinasini yanada boyitishga xizmat qiladi.  

Jizzax shahriga yetib kelgan bu nodir asarlar “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boshqaruvi tomonidan mahallalarga topshirilmoqda.  

A.QAYUMOV (surat), O‘zA