Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, uyushma va kutubxona jamoasi, respublikamizning turli hududlaridan kelgan kutubxona rahbarlari qatnashdi.

Tadbirda mamlakatimizda keyingi yillarda adabiyotga, kitobxonlikka qaratilayotgan e’tibor xususida so‘z yuritildi.
Samimiy ruhda boshlangan tadbir she’rxonlik bayramiga aylanib ketdi. Ustoz ijodkorlar o‘z she’rlaridan namunalarni o‘qib berdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida chop etilgan 30 nomdagi 150 dona kitob ulashildi.
Uyushma raisi “Birinchi kitobim” loyihasi doirasida 25 nafar yosh ijodkorning chop etilgan kitoblaridan 28 ming donasi yurtimizdagi 224 ta kutubxonaga yetkazilishini ma’lum qildi. Bu xabar ma’rifat maskanlarida xizmat qiluvchi barchani xursand qildi.

N.Usmonova, O‘zA