English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kitob – eng yaxshi sovg‘a
13:58 / 2022-09-29

Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida mazkur muazzam maskanda qad rostlagan adib va shoirlar haykaliga biriktirilgan oliy o‘quv yurtlariga badiiy adabiyotlar to‘plamini topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirga yozuvchi va shoirlar, ustozlar, talaba yoshlar taklif etildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyid mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan  kitobxonlik targ‘iboti tizimli, yuksak saviyada olib borilayotgani, bu boradagi ezgu sa’y-harakatlar boshqa mamlakatlar uchun ham ibrat olishga arzigulik ekanini ta’kidladi. 

Darhaqiqat, poytaxt markazida qad rostlagan Adiblar xiyoboni yoshlarni milliy adabiyotimizga oshno etishda, talabalarning ulug‘ ijodkorlarning adabiy  merosidan bahramand bo‘lishida muhim ma’rifiy maskanga aylandi. 

[gallery-8965]

Adabiy muloqotlar, she’rxonlik kechalari, bahru bayot tadbirlari, adabiyot bayramlari oliy o‘quv yurtlarining ma’naviy hayotida, kitobxonlik madaniyatining yanada kuchayishida alohida ahamiyat kasb etmoqda. 

– Bizning oliy o‘quv yurtimiz ham 400 donadan badiiy adabiyotlar to‘plamini oldi, – dedi Toshkent davlat transport universiteti talabalar kengashi yetakchisi Eldor  Mustafoyev. – Universitetimiz Maqsud Shayxzoda ijodini o‘rganishga biriktirilgan. Ushbu adabiyotlar to‘plami tengdoshlarimning kitobga bo‘lgan hurmatini yanada oshirishga, kutubxonamiz fondini boyitishga xizmat qiladi. 

Tadbirda poytaxtimizdagi 25 ta oliy ta’lim dargohiga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan nashr etilgan jami 10 ming dona kitob taqdim etildi. 

Nazokat Usmonova,  
A’lo Abdullayev (surat) 
O‘zA muxbiri