Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Kitob dunyosi” savdo majmuasi filiali ochildi
18:22 / 2019-02-22

Jizzax shahar Alisher Navoiy koʻchasidagi koʻp qavatli zamonaviy binoning birinchi qavatida “Kitob dunyosi” savdo majmuasi filiali ish boshladi.


Jizzax shahar Alisher Navoiy koʻchasidagi koʻp qavatli zamonaviy binoning birinchi qavatida “Kitob dunyosi” savdo majmuasi filiali ish boshladi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda shahar hokimligi, keng jamoatchilik vakillari, turli yoshdagi kitobxonlar ishtirok etdi.

Ushbu ziyo maskani ochilishi Prezidentimizning 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻib qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi qarori ijrosining amaliy ifodasi ekani taʼkidlandi.

Shaharning eng gavjum va kelib-ketuvchilar uchun qulay hududida ish boshlagan kitob doʻkonida 20 mingdan ziyod nusxada 1 ming 200 nomdagi turli kitoblar savdoga qoʻyilgan.

– Bu filialni ochishdan maqsad, mutolaani yaxshi koʻruvchilar uchun maqbul narxlarda sifatli kitob mahsulotlari yetkazib berish, – deydi “Kitob dunyosi” savdo majmuasi xodimi Shuhrat Oxunjonov. – Yangi ziyo maskanida kitobxonlar uchun barcha qulaylik yaratilgan. Javondagi istalgan kitobni shu yerning oʻzida mutolaa qilish mumkin. Dam olish kunlarisiz ishlaydigan maskanda 12 nafar yoshning bandligi taʼminlandi. Yaqin kunlarda kitobxonlarga savdo va xizmat koʻrsatish koʻlamini kengaytirib, xodimlar sonini 35 nafarga yetkazamiz.

Filialda kitobxonlikni targʻib etish maqsadida “Eng kitobxon maktab”, “Omadli kitobxon”, “Tugʻilgan kun” kabi aksiyalar oʻtkazib, faol ishtirokchilarni doʻkondagi istalgan kitobni tanlab olish imtiyozini beruvchi sertifikatlar bilan ragʻbatlantirish koʻzda tutilmoqda.

Ayni paytda viloyatda maxsus kitob doʻkonlari kamligi hisobga olinsa, ushbu filialning ochilishi hududda kitob savdosini rivojlantirish, kitobxonlik targʻibotini yaxshilashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.