Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kitob – bilim manbai
16:04 / 2025-10-28

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida ana shu shior ostida davra suhbati tashkil etildi.

Oliy o‘quv yurtining kitobsevar o‘qituvchi va talabalari qatnashgan tadbirda  mamlakatimizda yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarning ma’naviyatini, dunyoqarashi hamda intellektual salohiyatini yuksaltirish, tariximiz, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, aholining kitobxonlik darajasi va madaniyatini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.  

–  Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakultetining Axborot-resurs markazida barcha turdagi minglab adabiyotlar zaxirasi mavjud, – deydi dekanning yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari J.Hayitov. –  Talabalar ushbu adabiyotlardan muntazam ravishda foydalanib kelmoqda. Tadbir davomida kitob o‘qishning inson tafakkuri va ma’naviy kamolotidagi o‘rni haqida so‘z yuritar ekanmiz, kitob o‘qish o‘zini himoya qilishning eng samarali yo‘li ekanligini ta’kidlamoqdamiz. O‘qigan insonni na vaqt, na muammo to‘xtata olmaydi.  

[gallery-25954]

Uchrashuv yakunida talabalarga har kuni, hech bo‘lmaganda bir sahifa bo‘lsa ham, kitob o‘qish odatini shakllantirish zarurligi borasida foydali tavsiyalar berildi.  

Ahmadjon Shokirov,

Behzod Saidov (surat), O‘zA muxbirlari