Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kissinjer Ukraina mojarosini cho‘zmaslikka chaqirdi
11:17 / 2022-08-20

Ukrainadagi mojaroning cho‘zilishi keng ko‘lamli beqarorliklarni keltirib chiqarishi mumkin, uni muzokaralar yordamida tezroq tugatish kerak, dedi AQSHning sobiq davlat kotibi Genri Kissinjer.

"Muzokaralar bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, urushni adog‘i yo‘q mojaroga aylantirmaslik kerak. Agar urush chozilib ketsa, barchasi Birinchi jahon urushiga o‘xshab ketadi va yanada kuchayib ketishi ehtimoli bor. Shu sababli,  umid qilamanki, NATO mamlakatlari muzokaralar natijasi qanday bo‘lishi kerakligi va qanday natijaga erishilishi mumkinligi haqida o‘zaro kelishib oladi", - dedi u CNN telekanaliga intervyu berganda. 

Shu bilan birga, bir vaqtlar AQSH tashqi siyosatini belgilagan asosiy shaxslarning biri hisoblangan 99 yoshli Kissinjer NATO mamlakatlarini Rossiyaga yon bermaslikka chaqirdi. Uning fikricha, Rossiya Ukrainada amalga oshirayotgan maxsus amaliyotidan hech qanday foyda ko‘rmasligi kerak va hozir nazoratida ushlab turgan mamlakatning  15-20 foiz hududini qaytarishi lozim.