Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kissinjer: AQSH va XXR bir-biriga dushman bo‘lmasligi kerak
16:13 / 2023-07-19

Tarix har doim AQSH va Xitoy bir-birini dushman hisoblamasligi kerakligini ko‘rsatib kelgan, dedi sobiq davlat kotibi Genri Kissinjer Pekin shahrida XXR mudofaa vaziri Li Shanfu bilan uchrashuvda.

“Hozirgi zamonda tahdid va imkoniyat birga namoyon bo‘ladi, Xitoy va AQSH o‘rtadagi tushunmovchilikni bartaraf qilishi va mojaroga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Tarix va amaliyot AQSH va Xitoy bir-biriga qarshi bo‘lmasligi kerakligini ko‘rsatib kelmoqda”, - dedi Kissinjer.

Siyosatchi ta’kidlashicha, bu ikki davlat o‘rtasida urush boshlansa, biror arzirli natijaga erishib bo‘lmaydi.

“Ikki tomon ham bosiqlik ko‘rsatishi, birgalikda ishlashi va rivojlanishi kerak. Ikki mamlakat armiyasi hamkorlikni kuchaytirishi, o‘zaro munosabatda ijobiy natijaga erishishi hamda butun dunyoda tinchlik va barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashi lozim”, - deya qo‘shimcha qildi Kissinjer.