Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kissavurlardan eng ko‘p aziyat chekadigan sayyohlar qayerda?
16:24 / 2022-07-25

Sayohatchilar cho‘ntak o‘g‘rilari qurboni bo‘ladigan joylar saralandi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Tahlilchilar ma’lum qilishicha, bu borada eng xavfli joy Barselona markazidagi mashhur Rambla ko‘chasi ekan. Mutaxassislar sayyohlarni bu yerda o‘ta hushyor bo‘lishga chaqirgan.

Ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni Parijdagi Eyfel minorasi, uchinchi o‘rinni Rimdagi Trevi favvorasi egallagan. Abadiy shaharning diqqatga sazovor joylaridan birida mehmonlar suvga qarab tilak bildirib, tanga tashlagan vaqtda hamyoni va telefonini yo‘qotadi.

Cho‘ntakkesarlarga boy maskanlar birinchi o‘nligiga Chexiyadagi Karl ko‘prigi va Eski shahar maydoni, Fransiyaning Sakre-Ker, Luvr, Notr-Dam de Pari, Ispaniyaning Sagrada Familia maydonlari ham kiritilgan.

Muharrama Pirmatova, O‘zA