Kislorod konsentratorlari uchun 26 tonna mis quvuri yetkazib berildi
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” Angren quvur zavodi tomonidan murakkab pandemiya davrida ham texnologik ishlab chiqarish jarayoni to‘xtatilmadi.
Ayniqsa, koronavirusga chalingan bemorlarga zarur bo‘lgan kislorod konsentratorlari uchun ehtiyot qism – mis quvurlari ushbu zavod tomonidan Respublikamizdagi barcha tibbiyot muassasalariga peshma-pesh yetkazib berildi.
Kombinat axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, shu kungacha Angren quvur zavodi tomonidan kislorod konsentratorlari uchun 26 tonna mis quvuri yetkazib berildi.