Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kisidaning Yaqin Sharq safaridan nima kutilyapti?
23:13 / 2023-07-12

“Arabnews” xabar berishicha, shu hafta Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida marhum Sindzo Abening 2020 yilgi tashrifidan keyingi birinchi safarini Yaqin Sharqqa amalga oshiradi.

Kisida 16 iyulda Jiddaga, keyin BAAga va 19 iyul kuni Qatarga boradi. Safar Yaponiyaning Fors ko‘rfazi davlatlari bilan aloqasini yaxshilash, turli sohalardagi hamkorlikni, xususan, barqaror neft ta’minotini mustahkamlashga qaratilgan.

Uch mamlakat Yaponiyaga yetkazib beradigan neft umumiy xom importining 80 foizini tashkil etadi. Umumiy neft importining 40,68 foizi Saudiya Arabistoni hissasiga to‘g‘ri keladi.

Dunyoda energiya ta’minoti borasida noaniqlik hukm surayotgan bir paytda Kisida arab davlatlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish orqali neft bozorini barqarorlashtirishga undamoqchi.

Yaqinda BAAda bo‘lib o‘tadigan BMT Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi (COP28)da Kisida Yaqin Sharq davlatlari bilan vodorod va ammiakdan foydalangan holda elektr energiyasi ishlab chiqarish orqali issiqxona gazi chiqindisini kamaytirish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qiladi, bu kun chiqar yurt targ‘ib qilayotgan usullardan biridir.

Kisida o‘tgan yil uch davlatga tashrif buyurishni rejalashtirgan, ammo uning safari SOVID-19 sabab bekor kilingandi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA