English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kisida: Shimoliy Koreya raketasi tufayli kutilmagan vaziyatlarga tayyor turishimiz kerak
13:56 / 2022-09-25

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida tegishli vazirlik va idoralarga Shimoliy Koreya yakshanba kuni raketa uchirgach, kutilmagan vaziyatga tayyorlanish topshirig‘ini berdi. Bu haqda “Kyodo” agentligi ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, Yaponiya hukumati rahbari ko‘rsatmasida mintaqada dengiz va fuqaro aviatsiyasi xavfsizligini ta’minlash, mahalliy aholini tezkor va ishonchli axborot bilan ta’minlash haqida so‘z boradi.

Mamlakat Vazirlar Mahkamasida tezkor ma’lumotni to‘plash va tahlil qilish bo‘yicha inqirozga qarshi shtab ish boshladi.

Koreya Respublikasi shtab boshliqlari qo‘mitasi yakshanba kuni Shimoliy Koreya Yapon dengizi yo‘nalishi bo‘ylab ballistik raketa uchirgani haqida xabar berdi. Keyinchalik xuddi shu ma’lumotni Yaponiya qirg‘oq xizmati ham tasdiqladi.