Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kisida: referendum natijasini tan olmaymiz
18:38 / 2022-09-30

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi va Tokio Donetsk va Lugansk xalq respublikalari, Zaporoje va Xerson viloyatlarida Rossiya tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha o‘tkazilgan referendum natijalarini tan olmasligini ma’lum qildi.

“Prezident Zelenskiy bilan suhbatda men Ukrainani qo‘llab-quvvatlashimni, birdamligimni bildirdim, Referendum natijalarni qoralayman”, dedi Kisida.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Yaponiya “yettilik guruhi mamlakatlari bilan hamkorlikda Rossiya Federatsiyasiga qarshi yangi sanksiyalarni ko‘rib chiqish niyatida”.

Shuningdek, Kisida Ukraina Prezidenti bilan keng ko‘lamli hamkorlikni davom ettirishga kelishib olganini ma’lum qildi.

- Bundan tashqari men Zelenskiyga kelasi yili “katta yettilik” raisi sifatida jahon hamjamiyati e’tiborini Ukrainani tiklash muammosiga qaratishimni e’lon qildim, - qo‘shimcha qildi Yaponiya hukumati rahbari.

O‘zA