Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kisida: parlament quyi palatasini tarqatib yuborish niyatimiz yo‘q
20:31 / 2023-06-15

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida Tokioda jurnalistlar bilan suhbatda mamlakat parlamenti quyi palatasini joriy sessiya davomida tarqatib yuborish niyati yo‘qligini aytdi.

Shuningdek, u hukmron Liberal-demokratik partiya rahbariyatiga hukumatga ishonchsizlik bildirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi parlamentga kiritilsa, darhol rad etish bo‘yicha ko‘rsatma berganini aytdi. 

Avvalroq “Kyodo” agentligi o‘z manbalariga tayanib, Yaponiya muxolifati hukumatga ishonchsizlik to‘g‘risidagi rezolyutsiya loyihasini 16 iyun kuni taqdim etishi mumkinligi haqida yozgan edi. 

Muxolifat hukumatning mudofaa tizimini moliyalashtirish uchun soliqni oshirishga qaratilgan siyosatiga norozilik bildirmoqda.