Eronning Kirmon shahridagi qabriston yaqinidagi portlashlar qurbonlari soni 91 kishiga yetdi. Eron davlat televideniyesining Shoshilinch tibbiy yordam markazi matbuot kotibi Babek Yektaperestga tayanib xabar berishicha, portlashda yana ikki kishi yaralangan. Sakkiz yoshli Taha Shadkam va 67 yoshli Said Shehnevazi vafot etgan.
Hozirda 102 kishi shifoxonalarda davolanmoqda, ulardan 11 nafarining ahvoli og‘ir.
3 yanvar kuni Eronning Kirmon shahrida Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy dafn etilgan qabriston yaqinida ikkita portlash sodir bo‘lgan edi. Portlashlar AQSHning Bag‘doddagi hujumida Sulaymoniy o‘limining to‘rt yilligi munosabati bilan qabristonga yo‘l olgan fuqarolar oqimini larzaga keltirdi. Eron rasmiylari hujumni xudkush-terrorchilar amalga oshirganini aytdi.
Avvalroq portlashlar oqibatida 89 kishi, jumladan, ayollar va bolalar halok bo‘lgani, 284 kishi jarohatlangani xabar qilingandi.
Hujum uchun javobgarlikni Daish terrorchilik harakati o‘z zimmasiga oldi. Olti viloyatda teraktlar tashkilotchilarini qo‘lga olish bo‘yicha olib borilgan amaliyotlar davomida 11 kishi qo‘lga olindi. Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, xudkush-terrorchilardan biri tojikistonlik bo‘lgan.
O‘zA