Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kirish imtihonlari boshlandi
16:31 / 2025-07-08

Ixtisoslashtirilgan maktablarda ham aniq fanlardan kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu jarayonlar Bilim va ko‘nikmalarni baholash agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi, Qoraqalpoq davlat universiteti sport saroyi, Nukus shahri, 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internat sport zali va Nukus shahridagi 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internat sport zalida bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu bosqichda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan jami 10 ming 100 o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tgan. Ota-onalar uchun test jarayonlarini onlayn kuzatib borish imkoniyati yaratilgan. Kirish imtihoni savollarini bajarish uchun jami 105 daqiqa vaqt ajratildi.

[gallery-24217]

O‘quvchilarning har biri qalam, ruchka, o‘chirg‘ich va ichimlik suvi bilan ta’minlangan bo‘lib, imtihonni bajarish uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, kirish imtihonlariga Milliy gvardiya, Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash xodimlari ham jalb qilinib, ular jamoat tartibini saqlash, ishtirokchilarning salomatligi bilan bog‘liq holatlarda beminnat yordam bermoqda.

Ixtisoslashtirilgan talim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga kirish imtihonlari 12 iyul kuniga qadar davom etadi.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA