Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kir yuvish kukunlarini qo‘lbola usulda tayyorlab sotish holati fosh etildi
11:21 / 2022-11-07

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.Q. “Namuna” MFY hududidagi binoda yashirin sex tashkil qilib, “PERSIL”, “ARIEL”, va “MIF” nomli savdo belgilaridan foydalangan holda kontrafakt kir yuvish kukunlarini qadoqlab sotayotganligi aniqlandi. 1 ming 269 kg. kir yuvish kukuni ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.  

 

O‘zA