Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kipr prezidentligiga nomzod orolni NATOga a’zo bo‘lishga chaqirdi
12:03 / 2022-07-05

Kipr prezidentligi lavozimiga nomzod, hukumatni boshqarayotgan “Demokratik yig‘in” partiyasi raisi (DISI) Averof Neofitu orolni NATOga a’zo bo‘lib kirish taklifini ilgari surmoqda.

U mazkur partiyaning tashkil etilganiga 46 yil to‘lishi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda shunday tashabbus bilan chiqdi, deb yozmoqda RIA Novosti. 

Neofitu o‘zining saylovoldi dasturini taqdim etdi. U “kelasi kun rejasi” deb nomlangan bo‘lib 100 banddan iborat. Nomzodning ta’kidlashicha, uning partiyasi Kipr xavfsizligini ta’minlashda pragmatik yondashuv tarafdori. Shu bois u orolni NATO safiga kirishi uchun ariza tashlashga chaqirdi.