French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kinoloyihalar muhokama qilindi
22:00 / 2020-12-27

Yoshlar ijod saroyida “O‘zbekkino” Milliy agentligi tashabbusi bilan “Diqqat, motor: kadrda yoshlar! “ deya nomlangan yosh kinoijodkorlarning havaskor yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 22 dekabrdagi «Yoshlar forumi – 2020» uchrashuvida berilgan topshiriq va vazifalar yuzasidan agentlik tomonidan yosh kinoijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dodini yuzaga chiqarish hamda jahon kinomaydonida munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazildi.  

O‘zbek milliy kinematografiyasidagi bugungi o‘zgarishlar, yutuqlar, eng asosiysi, agentlik tomonidan yosh kinoijodkorlarga berilayotgan imtiyozlar, grant dasturlari muhokama etildi.  

Tadbirda ta’kidlanganidek, endilikda faol yoshlar ishtirokida «Yo‘l xaritasi» tuziladi va yosh kinoijodkorlar uchun yanada ko‘p imkoniyatlar beriladi.

Shuningdek, yangi 2021 yil uchun kinoloyihalar taqdim qilindi. Jumladan, “Debyut – 2020” respublika yosh kinoijodkorlar festivalida g‘olib bo‘lgan, “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlar ijodiy-tajriba studiyasi” tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar namoyishi o‘tkazildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA