Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Kinokarvon» Navoiy va Buxoro viloyatiga yo‘l oldi
12:42 / 2021-04-05

«O‘zbekkino» Milliy agentligi tashabbusi bilan taniqli kinoijodkorlardan iborat «Kinokarvon» guruhi Navoiy va Buxoro viloyatiga yo‘l oldi.

«Kinokarvon» dasturidan taniqli kinoijodkorlar ishtirokida ijodiy uchrashuv, davra suhbatlari, fotosessiya va yangi filmlar namoyishi o‘rin olgan.

Tadbir davomida «O‘zbekkino» Milliy agentligi tomonidan suratga olingan yangi filmlar bepul namoyish etiladi. Namoyishlarda filmlar ijodkorlari ham ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Tadbir doirasida filmlar muhokama etilishi, film bilan bog‘liq ijodiy kechalar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.