Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kinoijodkorlar bilan uchrashuv
12:36 / 2022-04-15

Andijonda “Kinokarvon” targ‘ibot guruhi tomonidan aholi va yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Kinematografiya agentligi va Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi hamkorligida tashkil etilgan “Kinokarvon” targ‘ibot guruhi tarkibida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Xosiyat Husanova, aktyorlar Umid Iskandarov, Vazira Yunusova, Bositxon Rahmatov, Dilshodbek Kattabekov singari san’atkorlar Andijon viloyatidagi madaniyat markazlari, ta’lim muassasalarida bo‘lib, kinomuxlislar bilan ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari va muloqotlar o‘tkazmoqda.  

Ana shunday uchrashuvlardan biri Andijon mashinasozlik institutida bo‘lib o‘tdi. Institut o‘qituvchilari, talaba yoshlari bilan muloqotda kino san’ati, ayniqsa, milliy filmlarimizning xalqimiz hayotidagi o‘rni va roli, milliy kinematografiyani rivojlantirish, mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar xususida atroflicha so‘z yuritildi.  

Tadbir ishtirokchilari tomonidan milliy kinematografiyamizni rivojlantirish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi. Kinoijodkorlar sur’atga olish jarayonlaridagi o‘ziga xos sarguzashtlar, qiziqarli voqealarga oid taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi, muxlislarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytardi.  
Uchrashuv doirasida “Ayol qalbi” nomli yangi film namoyish etildi. 

[gallery-6638]


F. UBAYDULLAEV,  
Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA