Kino sohasidagi faol xodimlar taqdirlandi
Poytaxtimizda mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan “Eng ulug‘, eng aziz” respublika ko‘rik- tanlovida jamiyatimizda turli sohalarda faol ijod qilayotgan xodimlar taqdirlandi.
Xususan, 6 yo‘nalish bo‘yicha 1-o‘rin sohiblariga I darajali diplom,2-o‘rin g‘oliblariga II darajali diplom, 3-o‘rin sovrindorlariga III darajali diplom va qimmatbaho sovg‘alar berildi.

Ular orasidan kino sohasi bo‘yicha faxrli birinchi o‘rinni kinorejissyor Shuhrat Mahmudov “Matonat” filmi uchun, ikkinchi o‘rinni Ilhom Muhammadibrohimov “Maktab-hayotim” filmi uchun, Muhammadali Iskandarov “Men terrorchi emasman” filmi uchun qo‘lga kiritdi. Mazkur kinokartinalar Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan.
O‘zbekiston Milliy matbuot markazida mukofotlar o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.

Ma’lumki, ushbu ko‘rik- tanlov 24 yildan buyon muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA