"Kino 5 kunda" tanlovi g‘oliblariga sovrinlarni mashhur kinorejissiyor Lyuk Besson topshiradi
Odatda, xalqaro festivallarda ko‘pgina yangiliklar sir saqlanadi. Toshkent xalqaro kinofestivalining tashkilotchilari ham taniqli mehmonlar haqidagi ma’lumotlarni sir saqlashmoqda. Ammo ichki manbalardan ma’lum bo‘lishicha, «Kino 5 kunda» tanlovi g‘oliblarini fransiyalik mashhur kinorejissyor, ssenarist, prodyuser va yozuvchi Lyuk Bessonning shaxsan o‘zi taqdirlaydi.
«Kino 5 kunda» yosh kinoijodkorlar tanlovi bo‘lib, ishtirokchilar turli mukofotlar — diplomlar, haykalchalar va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Har bir yosh bu mukofotni qo‘lga kiritishni, ayniqsa, uni Lyuk Bessonning qo‘lidan qabul qilib olishni orzu qiladi.
Eslatib o‘tamiz, «Kino 5 kunda» tanlovini maqsadi, milliy kinoni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish va rivojlantirishga qaratilgan. Tanlov ishtirokchilari dasturga muvofiq besh kun ichida o‘zbek urf-odatlari, madaniyati va tarixiga oid filmlarni suratga olishlari kerak bo‘ladi.
Nasiba Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA