Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Kinematografiya fidokori” ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
17:00 / 2023-12-28

“Renessans" kino uyida Prezidentning ma’naviyat va ma’rifat kengashi kengaytirilgan yig‘ilishidagi ma’ruzasida berilgan vazifalarni bajarish bo‘yicha Respublika kinematograflari forumi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov bugungi shiddatli va murakkab davr kino san’at sohasi vakillari zimmasiga g‘oyat ulkan vazifalar qo‘yayotganini ta’kidladi. 

Agentlik direktori o‘rinbosari Shuhrat Rizayev moderatorligida o‘tgan yig‘ilishda shuningdek, "Tirik tarix" turkum filmlari bo‘yicha videorolik ham ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi.

Bundan tashqari Kinematografiya agentligi direktori matbuot kotibi, tizim tashkilotlari, xususan, "O‘zbekfilm" kinokonserni, "Yoshlik" kinostudiyasi, "Hujjatli va xronikal filmlar" kinostudiyasi vakillarining 2023 yil hisoboti va 2024 yilga mo‘ljallangan rejalari tinglandi.

Shundan so‘ng Kinoarboblar ijodiy uyushmasi raisligiga saylov bo‘lib o‘tdi. Uyushma a’zolarining ko‘p sonli ovozi bilan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Matyoqub Matchonov uyushma raisligiga saylandi.

Hisobot anjumani doirasida "O‘zbekfilm" kinokonserni pavilonida konsert dasturi tashkil etildi. 

Bir qator kinoijodkorlar "Kinematografiya fidokori" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Jumladan, kinodramaturg Erkin A’zam, rejissyor Temurmalik Yunusov, kinoshunos Hamidulla Akbarov, aktyor Said Muxtorov, O‘zbekiston xalq artistlari Muhammadali Abduqunduzov, Gavhar Zokirova va boshqalar ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. 

“O‘zbekfilm" kinokonserni direktori Bahodir Odilov "Yilning eng faol xodimi" deb topildi.

N.Usmonova, O‘zA