Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkilotining mutaxassislari Dumaga kira olishmaydi
19:25 / 2018-04-17

Ularga guvohlardan Damashqda intervyu olish taklif etildi.

Ularga guvohlardan Damashqda intervyu olish taklif etildi. Bu haqida Korrespondent.net xabar bermoqda. 16 aprel kuni BMTning Tvitterdagi rasmiy sahifasida e’lon qilingan matnga qaraganda, Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti ekspertlariga Suriyaning kimyoviy hujum sodir etilgan deb qaralayotgan hududida bo‘lgan 22 nafar guvohni so‘roq qilishi uchun ruxsat beriladi.

Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti bosh direktorining ma’lum qilishicha, Suriyaga yuborilgan to‘qqiz kishidan iborat guruh xavfsizlik vajidan Duma shahriga kirolmaydi. 22 nafar guvoh bilan suhbatlashishni rasmiylar taklif etishgan.

Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti vakillari esa imkoniyat yaratilishi bilan dalillarni aniqlash bo‘yicha missiyaning Dumaga borishiga umid qilmoqda.

Shu bilan bir qatorda Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti rahbari Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktoriga yo‘llagan maktubida Suriyadagi hamkorlaridan jabrlanganlar haqida olingan ma’lumotlarni taqdim etishni so‘ragan.