English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy materiallar ta’siri xavfini kamaytirish yo‘lida
17:26 / 2021-12-21

Livanning Bayrut shahrida "ARZ 2021» – Kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy materiallar ta’siri xavfini kamaytirish bo‘yicha mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Unda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi va Kimyoviy, biologik, radiologik va yadro xavflarini minimallashtirish bo‘yicha Yevropa Ittifoqining Ilg‘or tajriba markazlarining Markaziy Osiyo bo‘yicha Mintaqaviy kotibiyatining rahbari Baxtiyor G‘ulomov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi Matbuot xizmati rahbari Malika Mirjamolova ma’lum qildi.

– O‘zbekiston delegatsiyasining mashg‘ulotlardagi ishtirokidan maqsad huquqni muhofaza qilish organlarining Kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy tahdidlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha birgalikdagi harakatlari bilan tanishish va tajriba almashishdan iborat bo‘ldi, – dedi Malika Mirjamolova. – Ta’kidlash joizki, Markaziy Osiyo uchun kimyoviy, biologik, radiatsiyaviy va yadroviy materiallar ta’siri xavfini kamaytirish bo‘yicha ilg‘or tajriba markazlarining Mintaqaviy kotibiyati Respublika hukumati qaroriga muvofiq 2015 yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan. Shu kabi kotibiyatlar Gruziya (janubi-Sharqiy Yevropa va Kavkaz hududlari uchun), Filippin (Janubi-Sharqiy Osiyo), Marokash (Afrika-Atlantika mintaqasi), Iordaniya (yaqin Sharq), Keniya (Markaziy va Sharqiy Afrika), Abu-Dabi (Fors ko‘rfazi davlatlari) va Jazoir (Shimoliy Afrika) mamlakatlarida faoliyat ko‘rsatadi. Yevropa Ittifoqining Kimyoviy, biologik, radiatsiyaviy va yadroviy materiallar ta’siri xavfini kamaytirish bo‘yicha ilg‘or tajriba markazlari tashabbusi Yevropa komissiyasi tomonidan moliyalashtiriladi va Yevropa komissiyasining Qo‘shma tadqiqot markazi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Xabar berilganidek, ushbu tashabbusni keyinchalik amalga oshirishda Yevropa tashqi aloqalar xizmati ham ishtirok etmoqda. Tashabbus tegishli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar va boshqa manfaatdor tomonlarning texnik ko‘magida milliy, mintaqaviy va xalqaro miqyosda muvofiqlashtirilgan va samarali hamkorlik orqali ishlab chiqildi. Tashabbus dunyoning sakkiz mintaqasidagi 62 mamlakatni o‘z ichiga oladi.

Mashqlar davomida terroristik xarakterdagi kimyoviy va biologik tahdidlarning oldini olish bo‘yicha brifing tashkil etildi. Livan huquqni muhofaza qilish organlari bo‘linmalarining vazifalarni bajarishdagi harakatlarini muvofiqlashtirish uchun mo‘ljallangan qo‘shma tezkor shtab ishini tashkil etish bo‘yicha nazariy mashg‘ulotlar, Livan tegishli bo‘linmalarining kuchli ta’sir qiluvchi zaharli moddalar ishlab chiqarish uchun xom ashyoni aniqlash, yashirin laboratoriyani bartaraf qilish, odamlar ommaviy to‘plangan ob’ektda jinoyatchilarni ushlab va kimyoviy zaharli moddasi bo‘lgan portlovchi qurilmani zararsizlantirish kabilar shular jumlasidandir.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, mashqlar yaqin Sharq uchun Yevropa Ittifoqi Kimyoviy, biologik, radiatsiyaviy va yadroviy materiallar ta’siri xavfini kamaytirish bo‘yicha ilg‘or tajriba markazlari tashabbusining mintaqaviy muvofiqlashtiruvchisi va Livandagi milliy muvofiqlashtiruvchisi rahbarligida BMTning Jinoyatchilik va odil sud masalalari bo‘yicha mintaqaviy ilmiy-tadqiqot instituti ko‘magida hamda Xalqaro ilmiy-texnik markazi, «Fondazione SAFE» assotsiatsiyasi va YeIning joylardagi yordam ko‘rsatish bo‘yicha ekspertlari bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

 

Nasiba ZIYODULLAEVA, O‘zA