Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Kimyogar ayollar – 2023” xalqaro ilmiy forumidan fotoreportaj
16:37 / 2023-02-11

FOTOREPORTAJ

Toshkent kimyo-texnologiya institutida 11 fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni munosabati bilan “Kimyogar ayollar – 2023”  xalqaro ilmiy forumi bo‘lib o‘tdi.

[gallery-10548]

“Kimyogar ayollar” ilmiy forumi “Women in STEM” festivali tadbirlaridan bo‘lib, uning maqsadi olima ayollarning respublika va xorijiy mamlakatlarda erishgan salmoqli natijalarini ommalashtirish, bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda xotin-qizlarni fan va ta’limga keng jalb etish, kimyo sanoati va  mashinasozlikka bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish, “Ustoz-shogird” tizimini yanada takomillashtirish, ayollar  va yosh qizlarning salohiyatini ilmiy-innovatsion faoliyatga yo‘naltirish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lamini kengaytirish, ularning madaniy-ma’rifiy, siyosiy va iqtisodiy faoliyatidagi nufuzini yanada oshirishdir.  

Ilmiy forumda yosh olima ayollar ishtirokida “Muhandis ayollar 0+” davra suhbatlari, Osiyo, Afrika, Markaziy va Janubiy Amerika, Yevropa, Shimoliy Amerika mamlakatlarining yetakchi ekspertlari va olimlarining mahorat darslari, shuningdek, kimyo va texnika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning badiiy-musiqiy chiqishlari kabi qator tadbirlar tashkil etildi.  

 

Davron ERNAZAROV(surat),O‘zA