French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kimyo sanoatida innovatsion loyihalar va ilmiy salohiyat o‘rganildi
17:50 / 2025-08-08

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining Innovatsiya va yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘limi mutaxassislari “Ammofos-Maxam” aksiyadorlik jamiyatida bo‘ldi.

Unda mutaxassislar korxonaning laboratoriya imkoniyatlarini o‘rganib, uning yangi innovatsion loyihalar doirasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish salohiyatini tahlil qildi.   

O‘rganish jarayonida korxonaning ilmiy tahlillarni mustaqil bajarish imkoniyatiga ega ekani qayd etildi.   

Shuningdek, “Ammofos” 2 sexi faoliyati ko‘zdan kechirilib, mazkur ishlab chiqarish maydonida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan yangi loyihalar yuzasidan fikr almashildi. Bundan tashqari, “Ammofos-Maxam” AJ hududida joylashgan va kuniga 200 tonna sulfat kislota ishlab chiqarish quvvatiga ega “Almalyk Sulphuric Acid” MCHJda ham ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishildi.   

Kimyo sanoati korxonalarida innovatsion yutuqlarni keng joriy etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar turini kengaytirish bugungi kunning muhim vazifalaridandir.   

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, “Ammofos-Maxam” AJ va unga qarashli ishlab chiqarish maydonlarida mavjud laboratoriya va texnologik imkoniyatlar kelgusida ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada kengaytirish, yangi innovatsion loyihalarni joriy etish hamda mahalliy xomashyodan foydalangan holda import o‘rnini bosuvchi raqobatbardosh mahsulotlar turini ko‘paytirish uchun mustahkam asos yaratadi.   

N.Ziyodullayeva, O‘zA