Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kimyo sanoati: o‘zbek mutaxassislari Misr tajribasini o‘rganmoqda
21:59 / 2025-09-02

So‘nggi yillarda kimyo sanoatida doimiy rivojlanish va yangi g‘oyalarni amaliyotga joriy etish butun dunyo iqtisodiyoti uchun juda muhim yo‘nalishga aylandi, chunki bu sohadagi yangiliklar turli tarmoqlarda samaradorlikni oshiradi va iqtisodiy o‘sishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, bunday maqsadlarga erishishda davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik va qo‘shma loyihalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston ham mazkur jarayonda faol ishtirok etib, kimyo sanoatidagi xalqaro sherikliklarni kengaytirmoqda. Yangi loyihalar tufayli mamlakat ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy tajribalarni joriy etishda izchil qadamlar tashlamoqda.

“O‘zkimyosanoatloyiha” AJ mutaxassislari uchun Misrga tashkil etilgan xizmat safari ham aynan shu ezgu maqsadlarga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

O‘zbek mutaxassislari “Polyserve Group” kompaniyasi bilan ammofos ishlab chiqarish zavodi loyihasi doirasida hamkorlik ishlarini olib bormoqda.

Tashrif doirasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, texnik muvofiqlashtirish jarayonlarini kuchaytirish va tajriba almashishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, kimyo sanoatida zamonaviy yechimlarni joriy etish bo‘yicha qator amaliy qadamlar belgilangan.

“O‘zkimyosanoat” AJ axborot xizmatining ta’kidlashicha, mazkur tashrif va qo‘shma sa’y-harakatlar natijasida kimyo sohasidagi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yo‘lga qo‘yish, innovatsiyalarni rag‘batlantirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

N.Ziyodullayeva, O‘zA