Kimyo sanoati korxonalari ESG reytingida yuqori baholandi
Ma’lumki, davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni transformatsiya qilish va zamonaviy korporativ boshqaruvni joriy etish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.
Mazkur vazifalar ijrosi doirasida “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalarining “S&P Globa”l xalqaro reyting agentligi bilan hamkorligi amaliy natija bermoqda.
Unga ko‘ra, tarmoq korxonalari xalqaro ESG reytingida yuqori pog‘onaga ko‘tarildi. Ya’ni, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ 37 ballga erishdi, “Maxam-Chirchiq” AJ 16 ball oldi va “Ammofos-Maxam” AJ 12 ball bilan baholandi.
Jamiyat axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ESG tamoyillarini joriy etish shunchaki reyting emas, balki barqaror va mas’uliyatli kelajakka qaratilgan strategik qadam hisoblanadi.
N.Ziyodullayeva, O‘zA