Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari ma’lum qilindi
18:47 / 2021-10-07

Kimyo bo‘yicha 2021 yilgi Nobel mukofoti laureatlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, mukofot asimmetrik organik katalizatorni yaratgani uchun Benyamin List va Devid Makmillanga topshiriladigan bo‘ldi. Bu haqda Nobel qo‘mitasi xabar berdi.

Qo‘mitaning rasmiy bayonotida aytilishicha, List va Makmillan 2021 yilda molekulyar tuzilishga ega bo‘lgan yangi asbob – organokatalizni ishlab chiqishda qo‘shgan hissasi uchun ushbu mukofot bilan taqdirlanadi.

Bu yangilik farmatsevtika tadqiqotlariga sezilarli darajada hissa qo‘shdi va kimyoning ekologik xavfsizligini yanada oshirishi aytilmoqda. 2000 yilda Benyamin List va Devid Makmillan katalizning uchinchi modelini ishlab chiqqan. Ularning yangiliklari asimmetrik organokataliz deb ataladi va kichik organik molekulalarga asoslangan.

Eslatib o‘tamiz, 4 oktyabr kuni 2021 yilda Nobel mukofoti sovrindorlari nomi e’lon qilingan edi. Bu yil koronavirus pandemiyasi tufayli mukofot 10 dekabrda 10 ta mamlakatda topshiriladi. Taqdirlash marosimi esa har yili Stokgolmda bo‘lib o‘tar edi.