Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kimsasiz shahar: minglab aholi o‘z uyiga qaytolmayapti.
12:29 / 2018-03-09

Atom elektr stansiyasidagi fojeadan 7 yil o‘tib 50000 aholi o‘z uylariga qaytishlari lozim edi, biroq bu hamon orzuligicha qolmoqda.

Atom elektr stansiyasidagi fojeadan 7 yil o‘tib 50000 aholi o‘z uylariga qaytishlari lozim edi, biroq bu hamon orzuligicha qolmoqda.

Yaponiyaning sharqiy sohilidagi Okuma shahrida fojeadan avval 10 500 aholi istiqomat qilar edi. Ammo bugun hududdagi uylar xuvillab yotibdi. U Fukusima Daiichi atom elektr stansiyaga eng yaqin shaharlardan biri hisoblanadi. Boz ustiga fojeadan so‘ng atom elektr stansiyasida zilzila va sunami oqibatida bir necha marotaba radiaktiv moddalarning sizib chiqishi oqibatida tozalash ishlari tugallanmagan, shahar hamon evakuatsiya holatida turibdi.

Shaharda asosan keksa yoshdagi ko‘ngillilardan tashkil topgan guruhlar kimsasiz uylardagi mol-mulklarni talon taroj etilishi yoki ularda yong‘inlar yuzaga kelishini oldini olish maqsadida faoliyat olib bormoqda. Ular shubhali holat yoki begonalarning harakatini sezsalar bu haqda hokimiyat vakillariga ma’lum qilishadi. Shaharning ba’zi qismlariga fuqarolarning borishi ta’qiqlangan.

Okumaga qaytishni asosan keksalar xoxlashmoqda. Ko‘pchilik esa hukumat tomonidan taqdim etilgan yangi turar joylarga allaqachon moslashganliklari hamda fojea ta’siridan hamon chiqmaganliklari bois o‘z uy-joylariga qaytishni istashmayapti.