Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kimlarga koronavirusga qarshi vaksina olish mumkin emas?
17:15 / 2021-08-13

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nurmat Otabekovning ta’kidlashicha, “COVID-19”ga qarshi emlashga monelik (to‘siq) qiluvchi ba’zi holatlar ham bor. Vaksinaning komponentlariga yuqori sezgirligi bo‘lgan shaxslar, anamnezida og‘ir allergik reaksiyalari bo‘lgan shaxslar, o‘tkir yuqumli va yuqumsiz kasalliklar bilan kasallanganlar, homilador va emizuvchi ayollar,18 yoshgacha bo‘lgan bolalar, OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga koronavirusga qarshi emlanish tavsiya etilmaydi.

Shuningdek, koronavirus infeksiyaning o‘tkir shakli simptomlari bo‘lgan bemorlar, laboratoriyada “COVID-19” musbat natija bergan, biroq klinik belgilari kuzatilmayotgan  shaxslar va koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar, karantin muddati tugaganidan so‘ng emlanadilar.

Barcha turdagi emlashlarni amalga oshirishdan avval, shifokor emlanuvchi shaxsda allergik reaksiyalar bor yoki yo‘qligiga aniqlik kiritadi va oldingi emlashlardan so‘ng og‘ir allergik reaksiyalar kuzatilgan bo‘lsa, u holda emlashdan tibbiy cheklov beriladi.

Shaxsga qon va uning komponentlari quyilgan taqdirda “COVID-19”ga qarshi emlash eritrotsitar yoki leykotsitar massa quyilganida 6 oydan keyin amalga oshirilishi kerak.  Trombotsitar massa yoki plazma quyilganida 7 oydan keyin, immunoglobulin yuborilgan holatda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash immunoglobulin yuborilganidan 3 oydan keyin, grippga qarshi emlangan bo‘lsa, 1,5 oydan keyin, boshqa turdagi vaksina, immunoglobulin, zardob va anatoksinlar bilan emlangan taqdirda 1 oydan keyin emlanish mumkin bo‘ladi.

Mohigul Qosimova, O‘zAKimlarga koronavirusga qarshi vaksina olish mumkin emas?

Mohigul Qosimova, O‘zA