Davlatimiz rahbarining 2020 yil 7 dekabrdagi «Sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bilan sudyalarning odil sudlovni amalga oshirishdagi faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida «Ibratli sudya» mukofoti joriy etilgan.
Farmon ijrosi doirasida sudyalar faoliyati samaradorligini ochiq va shaffof baholash bo‘yicha milliy elektron reyting baholash dasturi ishga tushirilgan. Ushbu elektron tizim orqali sudyalar faoliyatini ochiq, shaffof va, eng muhimi, xolis baholash imkoniyati yaratildi.

2025 yil yakuniga ko‘ra, faoliyatida alohida o‘rnak va namuna ko‘rsatgan 14 nafar sudya “Ibratli sudya” mukofotiga munosib topildi:

Asqar Safarov - Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi;
Rustam Sultonov - fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining raisi;
Shavkat Quvvatov - Buxoro viloyati sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi;
Qahramon Xolmurodov - Jizzax viloyati sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi;
Ruslan Zairov - Qashqadaryo viloyati sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi;
Anvar Shukurov - Navoiy viloyati sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi;
Tojiddin Madrahimov - fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining raisi;
O‘ktam Murodov - Samarqand viloyati sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi;
Komiljon Nazarov - Surxondaryo viloyati sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi;
Dilfuza Jo‘rayeva - Sirdaryo viloyati sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi;
Mavludaxon Ummatova - Farg‘ona viloyati sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi;
Sardorbek Matniyazov - Xorazm viloyati ma’muriy sudining sudyasi;
Azizjon Rahimov - Toshkent viloyati ma’muriy sudining sudyasi;
Zafar Latipov - Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudining sudyasi.
Mukofotlar o‘z egalariga topshirildi. Shuningdek, yana 10 nafar faol sudyaning ota-onalariga Sudyalar oliy kengashining tashakkurnomasi berildi.
N.Abduraimova,
O‘zA