Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kimlar auksionsiz ariza asosida yer uchastkalarini olishlari mumkin?
10:40 / 2019-01-30

Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini olish endilikda “E-IJRO AUKSION”da elektron auksionlar oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.


Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini olish endilikda “E-IJRO AUKSION”da elektron auksionlar oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Hukumat qarori bilan Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish va yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi. Bu haqida “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.

Nizomga koʻra, yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini olish endilikda “E-IJRO AUKSION”da elektron auksionlar oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Quyidagilarga yer uchastkalari 0,04 gektargacha auksionsiz ariza asosida beriladi:

• halok boʻlgan harbiy xizmatchilar oilalariga;

• davlat va xususiy uy-joy fondidagi oʻzlari egallab turgan uy-joyni tuman hokimliklariga oʻtkazayotgan fuqarolar va mulkdorlarga.

Ariza tuman (shahar) hokimligiga beriladi hamda komissiya tomonidan oʻn kunda koʻrib chiqiladi.

Komissiya ijobiy xulosa chiqarsa hokim yer uchastkasi berish haqida bir kunda qaror qabul qiladi hamda uch kunda yer uchastkasi chegaralari oʻlchab beriladi.

Yer uchastkalarini auksion orqali olishda, auksionlar oʻtkazilishi haqidagi xabarnomalar 30 kun oldin “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi”ning veb-portalida joylashtiriladi.

Auksionda ishtirok etishga buyurtmanomalar xabarnoma joylashtirilgan kundan boshlab veb-portalda avtomatik tarzda boshlanadi va auksionni oʻtkazish kunidan ikki ish kuni oldin (soat 13-00 da) yakunlanadi.

Auksion ish kuni mobaynida soat 9:00 dan soat 18:00 gacha oʻtkaziladi.

Boshlangʻich narx sifatida auksion obyektining minimal qiymatiga teng narx belgilanadi.

Auksion quyidagi holatlarda oʻtkazilmagan deb hisoblanadi:

• auksionda ishtirok etish uchun ikkitadan kam ishtirokchi qoʻyilgan boʻlsa;

• auksionning birorta ishtirokchisi yer uchastkasini auksion jarayonida taklif etilgan narxda sotib olish istagini bildirmagan boʻlsa;

• auksion gʻolibi va lotni sotib olish taklif etilgan oxiridan oldingi stavkani qoʻygan ishtirokchi uning bahosini belgilangan muddatda toʻliq toʻlamasa.

Auksion gʻolibi auksion yakunlangan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmay yer uchastkasining pulini toʻlashi kerak. 

Belgilangan muddatda pul toʻlanmasa auksion natijasi bekor qilinadi hamda gʻolibdan keyin yer uchastkasining narxi boʻyicha eng yuqori stavkani qoʻygan auksion ishtirokchisiga yer uchastkasini olish haqida taklif yuboriladi.