Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kim zo‘r? (+video)
15:07 / 2025-11-04

AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya, Xitoy va boshqa davlatlar “jamoatchilikdan yashirin holatda, yer ostida” yadroviy qurol sinovlarini o‘tkazmoqda, deya bayonot berdi.

“CBS News” telekanaliga intervyu berarkan, u quyidagi mazmunda gapirgan:

– Rossiya sinov o‘tkazyapti, Xitoy, Shimoliy Koreya va Pokiston ham yashirincha shunday ish qilyapti. Biz ham yadroviy sinov o‘tkazmaydigan yagona davlat bo‘lishni istamaymiz.

Ma’lumotga ko‘ra, KXDRni hisobga olmaganda, hech bir yadroviy davlat oxirgi o‘n yillikda rasman to‘liq miqyosda yadroviy sinov o‘tkazmagan. Tramp esa bunday amaliyot maxfiy sharoitda amalga oshirilayotganini ishonch bilan ta’kidlamoqda.

– Ular bu haqda gapirmaydi, – deydi Oq uy rahbari. – Voqea qayerda yuz berayotganini birov bilishi shart emas. Sinov yer ostida, odamlar bilmaydigan joylarda o‘tkaziladi. Faqat biroz titrash seziladi, xolos. AQSH yadro quroli sinovini qayta boshlashi haqidagi qaror 29 oktyabrda e’lon qilingan. Binobarin, ma’muriyat hanuz amaliyot qay tartibda o‘tishi yuzasidan ma’lumot bermagan.

AQSH 1992 yildan beri yadro qurolini to‘laqonli sinab ko‘rgani yo‘q, chunki Vashington, garchi ratifikatsiya qilmagan bo‘lsa-da, 1996 yil Yadroviy sinovni to‘liq taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomani imzolagan. Shundan buyon Nevada poligonida yer ostida qisman tegishli amaliyot o‘tkazib kelinadi. Endi esa sinov jarayoni ochiq tus oladiganga o‘xshaydi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/eBpPV00abkw" title="Kim zo‘r?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA