Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Kim vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!”
19:19 / 2021-01-19

Mazkur shior ostida “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyatidagi harbiy qism va muassasalardagi yoshlar yetakchilarining III-Forumi” bo‘lib o‘tdi.

Ushbu forum yoshlarning Vatanga muhabbat va sadoqatini mustahkamlash, ona-yurt oldidagi farzandlik burchini yuksak mas’uliyat bilan bajarish, ularda Qurolli Kuchlarimizga bo‘lgan ijobiy fikrlarni yanada kengaytirish, harbiy xizmat nufuzini ko‘tarish, yoshlarning jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk, keng dunyoqarashli, mustaqil fikr yuritadigan barkamol inson sifatida shakllantirish kabi maqsadlarni o‘zida mujassam etgani bilan ahamiyatlidir.  

Forumda Qashqadaryo viloyati harbiy qism va muassasalardagi boshlang‘ich tashkilot yetakchilarining yillik hisobotlari tinglandi hamda ularning kelgusidagi hamkorlikda olib boriladigan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida takliflari qabul qilindi.

2020 yil davomida harbiy qism va muassasalardagi boshlang‘ich tashkilot samaradorligini oshirishda hissa qo‘shib kelayotgan harbiy qismdagi boshlang‘ich tashkilot yetakchilarini taqdirlash marosimi tashkil etildi.  

Forum davomida yoshlar uchun taqdim etilgan konsert dasturi barchaga xush kayfiyat ulashdi.  

O‘.BAROTOV, O‘zA