Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!”
14:21 / 2021-01-14

Navoiy shahrida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida “Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!” shiori ostida tashkil etildi.

Navoiy shahar madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan konsert dasturlari yig‘ilganlar qalbida iliq taassurot qoldirdi. Bog‘dagi ko‘l atrofida tashkil etilgan harbiy texnika va qurollar ko‘rgazmasi hammaga birdek manzur bo‘ldi.

[gallery-784]

Bayram tantanalari viloyat bo‘ylab davom etmoqda.

Siroj ASLONOV(surat), O‘zA