Kim Chen In raketa va o‘q-dorilar ishlab chiqarishni kengaytirishni buyurdi
KXDR yetakchisi raketa va artilleriya korxonalarini ko‘zdan kechirib, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, shuningdek, yangi zavodlar qurish bo‘yicha topshiriq berdi, deb yozmoqda Koreya markaziy telegraf agentligi (KCNA).

Xabarda ta’kidlanishicha, Pxenyan mudofaa sanoatini harbiy strategiyaning muhim unsuri sifatida ko‘rmoqda va uni armiyaning kelajakdagi ehtiyojlariga moslab tayyorlamoqda.

– Raketa va snaryadlar ishlab chiqarish sektori har qanday ziddiyatni to‘xtatishda muhim ahamiyatga ega, -dedi Kim yig‘ilganlarga.
Kuni kecha Kim Chen In Shimoliy Koreyaning ilk atom suvosti kemasi qurilishi bilan tanishgani hamda yangi turdagi raketalar sinovini kuzatgani xabar berilgan edi.
O‘.Alimov, O‘zA