Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kim Chen In Putin bilan uchrashuvga zirhli poezda boradi
17:27 / 2019-04-18

“Vesti.ru”ning yozishicha, Rossiya va KXDR rahbarlarining uchrashuvi 26-27 aprel kunlari Pekinda o‘tkaziladigan "Bir makon, bir yo‘l” sammitidan oldin, Vladivostokda bo‘lib o‘tishi mumkin.


“Vesti.ru”ning yozishicha, Rossiya va KXDR rahbarlarining uchrashuvi 26-27 aprel kunlari Pekinda o‘tkaziladigan "Bir makon, bir yo‘l” sammitidan oldin, Vladivostokda bo‘lib o‘tishi mumkin. 

“Ryonxap” agentligi manbalariga ko‘ra, Shimoliy Koreya yetakchisi Pxenyan va Vladivostok orasidagi masofa unchalik uzoq emasligini hisobga olib, o‘zining shaxsiy zirhli poezdida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishga keladi. 

"Interfaks" xabariga ko‘ra, Putin va Kim Chen In uchrashuvi Rus orolida joylashgan Uzoq Sharq federal universiteti kampusida bo‘lib o‘tishi mumkin. 

Kreml Rossiya va KXDR yetakchilari uchrashuviga tayyorgarlik boshlanganini tasdiqlagan, biroq, uchrashuv vaqtiga oydinlik kiritilmagan.