Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kim Chen In KXDRni "sotsialistik jannat"ga aylantirmoqchi
08:00 / 2025-10-11

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Davlat ishlari bo‘yicha raisi, Koreya Mehnat partiyasi (KMP) Bosh kotibi Kim Chen In partiyaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishda "butun tarixi sadoqat asosiga qurilgan xalq bilan yakdil irodani saqlab, mamlakatni olg‘a yetaklashi"ni ma’lum qildi.

Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi yozgan.

Yetakchi bu fikrni payshanba kuni Pxenyandagi “1 May” stadionida bildirgan.

— Partiyamizni qo‘llab-quvvatlovchi xalqimizga ishongan holda, men mamlakatni yanada boy va go‘zal, dunyodagi eng ajoyib sotsialistik jannatga aylantiraman, — degan u nutqida.

KXDR rahbari partiyaning sakson yillik tarixidagi barcha g‘alabalari poydevori xalq, fuqarolarning ishonchi va sadoqati ekanini ta’kidladi.

— Xalqqa bag‘ishlangan, odamlarimiz qo‘llab-quvvatlovi bilan barpo etilgan tarix – partiyamiz shon-shuhrati, barcha g‘alabalari manbai shu, — dedi Kim. — Partiya tashkil topgandan buyon KXDR “xalqning orzu-umidi va g‘oyalariga fidoyi munosib va qudratli sotsialistik davlat” barpo etdi. O‘n yilliklar davomida erishilgan barcha o‘zgarishlar va yutuqlar partiyamiz va fuqarolarimizning mustahkam birligi tufayli amalga oshdi.

Kim Chen In ma’ruzasini Koreya Mehnat partiyasining kuchi va buyuk hayotiyligi xalq bilan ajralmas rishtaga asoslanishini ta’kidlab yakunladi.

— Partiyamiz xalqsiz mavjud emas va buyuk xalqimiz tufayli ulug‘vorlik kasb etadi — bu kecha ham, bugun ham, o‘zgarmagan, ertaga ham  o‘zgarmaydigan temirga o‘xshash haqiqat, — dedi u.

S.Rahimov, O‘zA