Kim Chen In KXDRni o‘zgartirishga va’da berdi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakatning 20 ga yaqin hududida yangi ijtimoiy va ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilishini ma’lum qildi. Uning aytishicha, shu orqali KXDRni “tubdan yangilash” maqsad qilingan. Bu haqda DW nashri xabar berdi.
Maxsus reja doirasida yangi tibbiyot muassasalari, dam olish maskanlari, ko‘ngilochar majmualar, shuningdek sanoat korxonalari barpo etiladi.
Kim Chen In Xvanxe-Namdo muzofotida ramziy tugmani bosib, qurilish ishlarini boshlab berdi. Yetakchi mamlakat bo‘ylab shahar va tumanlarning qariyb uchdan biri yangicha qiyofa kasb etishini ta’kidladi.
D.Hakimov, O‘zA