English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kim Chen In KXDR tarixida «yirik larza» kuzatilmoqda, deb bayonot berdi
18:43 / 2022-05-16

Shimoliy Koreyada kuzatilayotgan infeksiya kasalligining keng tarqalishi tufayli mamlakat respublikaga asos solingandan buyon ilk bor «yirik silkinishni» boshdan kechirmoqda, deb bayonot berdi KXDR yetakchisi Kim Chen In.

Shimoliy Koreyaning davlatga qarashli Markaziy telegraf agentligi yozishicha, mamlakatda ishga tushirilgan «epidemiyaga qarshi favqulodda oliy darajadagi tizimga»  baho berish uchun 14 mayda Kim Chen In raisligida Koreya Mehnat partiyasi siyosiy kengashining majlisi chaqirildi. Unda mamlakat sog‘liqni saqlash vakillari va Davlatning favqulodda epidemiyaga qarshi shtabi vakillari ishtirok etgan.

Shanba kuni berilgan xabarga ko‘ra,  aprel oyi so‘ngidan 13 maygacha butun mamlakat bo‘yicha 524 ming 440 dan  ziyod kishi  yuqori harorat bilan ro‘yxatga olingan, Ularning 243 mingi sog‘aygan, 288 ming kishi hamon davolanmoqda. 27 kishi vafot etgan bo‘lib, ularning birida koronavirusning «omikron» BA.2 shtammi aniqlangan. Hozirda mamlakat bo‘ylab qattiq cheklovlar joriy qilingani aytilmoqda.