Kim Chen In Janubiy Koreya bilan birlashish uchun ishlaydigan agentliklarni yopdi
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Janubiy Koreya bilan yarashish va birlashish uchun ishlaydigan agentliklarni yopdi. Bu haqda “AlJazeera” xabar tarqatdi.
Kimga ko‘ra, mamlakat urushni xohlamaydi, lekin unga beparvo ham bo‘la olmaydi.
Shimoliy Koreyaning Oliy xalq assambleyasidagi chiqishida Kim Janubiy Koreya bilan birlashish imkonsizligini aytib, mazkur davlatni alohida “dushman davlat” maqomini o‘zgartirish uchun konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishga chaqirgan.
Ma’lum bo‘lishicha, koreyaliklar bilan yarashuv bo‘yicha shug‘ullanuvchi uchta tashkilot: Mamlakatni tinch yo‘l bilan birlashtirish qo‘mitasi, Milliy iqtisodiy hamkorlik byurosi va Xalqaro turizm boshqarmalari yopilgan.
Bu qaror Pxenyan tomonidan yaqinda o‘tkazilgan qator raketa sinovlaridan so‘ng ikki koreys mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlar yanada yomonlashganini ko‘rsatmoqda.