Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kikboksingchilarimizning jahon kubogidagi medallari 418 taga yetdi
12:19 / 2025-10-11

Poytaxtimizdagi Gimnastika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan respublika bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxirasi sport maktabida kikboksing bo‘yicha jahon kubogi bahslari qizg‘in pallaga kirdi.

Butunjahon kikboksing tashkilotlari assotsiatsiyasi (WAKO), O‘zbekiston sport vazirligi, mamlakatimiz kikboksing assotsiatsiyasi tomonidan qator vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan ushbu nufuzli musobaqada sportchilar kikboksingning turli yo‘nalishlarida medallar uchun raqobatlashmoqda.

Kubok bahslarining bugunga qadar o‘tgan bellashuvlarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 81 ta oltin, 79 ta kumush va 258 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida karvonboshilik qilmoqda. Tojikistonlik kikboksingchilar 20 ta oltin, 15 ta kumush va 27 ta bronza jamg‘arib, ikkinchi, 9 ta oltin, 11 ta kumush hamda 37 ta bronzaga ega bo‘lgan Qozog‘iston terma jamoasi uchinchi pog‘onadan joy olgan.  

Jahon kubogida bugun, 11 oktyabr kuni professional kikboksingchilar ishtirokida “Gala Final” bellashuvlari o‘tkaziladi. Unda 15 ta jang “K1”, “Low Kick”, “Full Contact”, “Point Fighting” yo‘nalishlarida tashkil etiladi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA