Taylandning Bangkok shahrida Kikboksing bo‘yicha Jahon kubogi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 34 ta oltin, 26 ta kumush va 18 ta bronza, jami 78 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa o‘rtasida ikkinchi o‘rindan joy oldi.
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, musobaqa davomida Xurshida Jalilova bir musobaqaning o‘zida 4 karra Jahon kubogi sohibasiga aylandi. Aniqrog‘i, u “Point Fighting”, “Light Contact” va “Kick Light” yo‘nalishlarida eng yaxshi natijani qayd etdi. Yusufbek Erkinov esa ikki yo‘nalishda oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, terma jamoamiz uchun yana ikkita toifada kumush medallar keltirdi.

Shuningdek, Fuzayl Sodiqov “Low Kick” yo‘nalishida 4 ta oltin medalga ega chiqqan bo‘lsa, Jahongir Tursunov o‘z faoliyatida ilk bor jahon kubogida ishtirok etib, zafar quchdi. “Gala final” janglarida Faxriddin Eminova va Abrorbek Musayev g‘alaba qozondi. Qolaversa, bir qator iqtidorli yosh sovrindorlarimiz turli yo‘nalishlarda g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA