Kikboksingchilarimiz jahon kubogi shohsupasida
Tailandda kikboksing bo‘yicha jahon kubogi musobaqasi o‘tkazilmoqda. Dunyoning 40 dan ortiq davlatidan borgan 630 nafar sportchi orasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etmoqda.
Quvonarlisi, chempionatda hamyurtimiz Xurshida Jalilova -60 kg. vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, -55 vaznda bronza medali sohibasiga aylandi. Shuningdek, o‘z vazn va turli yo‘nalishlarda Samir Boburov va Mansur Raupov oltin, Begzod Ibragimov hamda Ibrohim Bahodirov kumush, Sardor Akbarov, Shohmurod Shoqayumov, Yodgor Dilbekov bronza medali bilan taqdirlandi.


Hozirga qadar O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 3 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza jami 9 ta medal bilan ikkinchi pog‘onada bormoqda.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA