Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kikboksingchilarimiz jahon chempionatida zafar quchdi
11:26 / 2023-05-22

Turkiyaning Istanbul shahrida kikboksing bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon kubogi musobaqalarida mamlakatimiz sportchilari 54 ta medallar shodasini qo‘lga kiritdi.

Dunyoning 62 ta mamlakatidan 3000 nafardan ziyod sportchilar ishtirok etgan nufuzli musobaqada terma jamoamiz a’zolari 18 ta oltin, 10 ta kumush, 26 ta bronza medallariga egalik qildi.  

Shiddatli bellashuvlarda erishilgan natijalar terma jamoamiz a’zolari jahon chempionatini umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallashini, barcha yo‘nalishlardagi ko‘rinishda 5-o‘ringa sazovor bo‘lishini ta’minladi.  

Turkiya sport maydonlarida yurtimiz sport sharafini ulug‘lagan kikboksingchilarimiz bugun Toshkentga qaytib keladi.  

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA