Kikboksingchilarimiz “India open-2026”da zafar quchdi
Hindistonning Dehli shahrida kikboksing bo‘yicha o‘tkazilgan “India open-2026” xalqaro musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 16 ta medalni qo‘lga kiritdi.
8 davlatdan 900 dan ortiq sportchi qatnashgan turnirda hamyurtlarimiz 12 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medaliga egalik qildi.
Mahoratli kikboksingchilarimizdan Yusufbek Erkinov 3 ta, Javohirbek Karimov 2 ta, Suhrob Salohiddinov 2 ta, Umar Mahmudov, Nilufar Karimova, Behruz Ramazonov, Shirin Shavkatova va Fuzayl Sodiqov 1 tadan oltin medal sohibiga aylanishi ortidan O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA