Kikboksingchilarimiz Dehlida g‘olib bo‘ldi
Hindistonning Dehli shahrida Kikboksing tashkilotlari jahon assotsiatsiyasi (WAKO) tomonidan tashkil etilgan xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi 34 medalga sazovor bo‘ldi.
Musobaqada dunyoning 15 davlatidan 1000 nafarga yaqin kikboksingchilar turli yo‘nalishlarda o‘zaro bellashdi. Unda terma jamoamizning 38 nafar sportchisi mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi.
Turnir yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 24 ta oltin, 7 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi va umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. Musobaqada mezbonlar medal jamg‘arishda birinchi bo‘ldi. Qozog‘iston vakillariga uchinchi o‘rin nasib etdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA