Bugun, 19 dekabr kuni Chirchiqda kikboksing bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizning barcha hududlaridan 1 ming 300 nafardan ziyod sportchilar ishtirok etayotgan mamlakat kubogi bahslarining ochilish marosimida ishtirok etgan sport vaziri A.Ikromov, O‘zbekiston kikboksing assotsiatsiyasi prezidenti A.Xo‘jayev va boshqalar yurtimizda kikboksing sport turi ommalashib borayotgani, yoshlar orasida mahoratli sportchilar yetishib chiqayotganini e’tirof etdi.
Shuningdek, yurtimiz kikbokschilari bir qator xalqaro musobaqalarda kuchlilar qatoridan o‘rin olgani, noyabr oyida Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahri mezbonligida o‘tgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 28 yillik tanaffusdan so‘ng 85 davlat orasida birinchi o‘rinni egallagani alohida ta’kidlab o‘tildi.
Ushbu jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan Hasan Baratov, dunyo birinchiligi kumush medali sohibiga aylangan Javlon Yo‘ldoshev, Aydo‘s Ahmedov, Nodir Xayriddinov, shuningdek bronza medali egalari Arseniy Rahmonov, Saidolim Hasanov, Faxriddin Eminov va Abror Musayev tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Janglarni 42 nafar xalqaro va milliy toifadagi hakamlar boshqarib bormoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ySMM-rJD8PA" title="Kikboksing: Chirchiqda mamlakat kubogi bahslari o‘tkazilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Javohir Toshxo‘jayev, To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA